Newmoon

newmoon

Sifat, qulaylik va zamonaviy dizayn — bizning ustuvor vazifamiz

Biz haqimizda

Biz — interyerga qulaylik va go‘zallik olib kiruvchi zamonaviy jalyuzi va rolshtora ishlab chiqaruvchi kompaniyamiz. Faoliyatimizni boshlaganimizdan beri asosiy maqsadimiz — mijozlarimizning uyida yoki ofisida yorug‘likni boshqarish bilan birga, estetik muvozanat yaratishdir. Ish jarayonimizda sifatli materiallar, zamonaviy texnologiyalar va tajribali mutaxassislar mehnatidan foydalanamiz. Yillar davomida biz minglab mijozlarning deraza uchun eng mos yechim topishiga yordam berdik. Har bir loyihani individual yondashuv bilan bajarish biz uchun prinsipial ahamiyatga ega.
Bizning vazifamiz:
Sizning makoningizni yanada shinam, zamonaviy va funksional qilish.
NewMoon jamoasi mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ehtiyoj va istaklarini chuqur o‘rganadi. Shu asosda har bir modelni takomillashtirib boramiz. Biz uchun eng katta natija — bu mijozning mamnunligi va ishonchidir.

2015-yil

asos solingan

98%

mamnun mijozlar

200+

mutaxassislar

1,000+

original dizayn

15000+

buyurtmalar

Ishlab chiqarish jarayonimiz

Kompaniyamizda barcha bosqichlar — o‘lchov olishdan tortib tayyor mahsulotni o‘rnatishgacha — bir qo‘lda.
 Bu esa quyidagilarni ta’minlaydi:

  • sifat nazorati;
  • narxlarning qulayligi;
  • tezkor yetkazib berish;

har bir buyurtma uchun to‘liq javobgarlik.

Nega ko‘pchilik bizni tanlaydi?

Yuqori sifatli materiallar

Biz faqat tekshirilgan va chidamli materiallardan foydalanamiz. Mato, mexanizm va barcha aksessuarlar uzoq muddat xizmat qilishi uchun puxta tanlanadi.

Mutaxassislar tomonidan bepul o‘lchov

Ustalarimiz manzilingizga kelib, aniq o‘lchov oladi, joyga mos dizayn bo‘yicha maslahat beradi.
Hodim material va ranglar namunalarini ham o‘zi bilan olib keladi, shuning uchun siz jalyuzini interyerda qanday ko‘rinishini real ko‘rib tanlaysiz.

Tezkor ishlab chiqarish va o‘rnatish

Buyurtmalar 3–5 ish kunida tayyorlanadi. Montaj jarayoni esa 20–30 daqiqa davom etadi — toza, silliq va stresssiz.

Moslashtirilgan yechimlar

Har qanday o‘lcham, shakl yoki dizayn uchun individual yechim tayyorlaymiz: katta vitraj oynalar, balkon derazalari, romsiz derazalar, noan’anaviy shaklli oynalar va boshqalar.

12 oylik kafolat

Har bir jalyuziimiz sifatli bo‘lgani uchun biz barcha mahsulotlarga rasmiy kafolat taqdim etamiz.r.

Biz bilan
bog’laning

Sizning qulayligingiz uchun biz har doim onlaynmiz.
Arizangizni qoldiring — Siz bilan tez orada bog‘lanamiz!
Biz Sizga interyeringizga mos tur, rang va materialni tanlashda yordam beramiz, kerak bo‘lsa, bepul o‘lchov xizmatini ham taklif etamiz.

MUROJAAT UCHUN:

+998 99 933 39 99

ELEKTRON POCHTA:

newmoon@info.com

MANZILLARIMIZ:

Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko’chasi 7

Raqamingizni qoldeing
Va maslahatchi sizga boglanadi




    Button image